"Real" yozda Rodrigoni sotib yuborishi mumkin

Administrator
30 apr 2025, 22:35
Rodrigo yozda "Real"dan ketishi mumkin.

As gazetasi xabar berishicha, Karlo Anchelotti o'rniga yangi murabbiyning kelishi braziliyalik futbolchini asosiy tarkib uchun kurashda raqiblariga nisbatan noqulay vaziyatga tushirib qo'ymoqda. Jamoa hujum chizig'ida Vinisius Junior va Kilian Mbappe yetakchi o'rinlarni egallab turibdi. Shu sababli, Rodrigo karerasini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Yarim himoyachining shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Takidlanishicha, u "Real Madrid" daromad olishi mumkin bo'lgan eng istiqbolli o'yinchilardan biri sanaladi. Klubga yarim himoya va himoyani kuchaytirish uchun transfer mablag'lari kerak. Buning uchun Rodrigo klubdan ketishga rozi bo'lishi lozim.

Ushbu mavsumda vinger La Ligada 30 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As