"Real" yanvarda Xoland borasida muzokaralarni boshlaydi

Mirjalol Normatov
25 sen 2021
Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xoland yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Defensa Central" xabariga ko'ra, "Real" qishdayoq Xoland borasidagi muzokaralarni qayta boshlaydi va ular futbolchining yozda jamoaga o'tishi uchun kelishuv amalga oshirishga harakat qiladi. Bu yo'lda klub uning agenti Mino Rayolaga katta bonus puli taklif qilishi kutilmoqda.

O'tgan yozda "Real" norvegiyalik forvard bilan shartnoma borasida kelishib olgandi. Ammo dortmundliklar uning kyetishini istamadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Defensa Central