“Real” ustozi bir qator chiziqlarni kuchaytirish niyatida

14 avg 2018, 08:01
“Real” Madrid bosh murabbiyi Xulen Lopetegi klub rahbariyatidan joriy “transfer oynasi” vaqtida yanada tarkibni kuchaytirish uchun bir qator futbolchilarni sotib olishni iltimos qildi.

Murabbiyga markaziy himoyachi, hujumchi va “Chelsi”ga ijaraga jo'natilgan Mateo Kovachichni o'rnini bosadigan futbolchi kerak.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Jamoa himoyachisi Xesus Valexo jarohat olgan va 4-6 hafta mobaynida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi jarohatdan qaytgach, murabbiy 21 yoshli futbolchini ijaraga bermoqchi. Lopetegi shuningdek, 21 yoshli hujumchi  Borxu Mayoralga ishonch bildirmoqchi, ammo jamoa uchun yana bir hujumchi zarur deb hisoblaydi.

Ilgariroq, “Real” “Bavariya” yarim himoyachisi Tiago Alkantara va “Yuventus” a'zosi Miralim Pyanichga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As