"Real" ushbu mavsum YCHLda APLning top-3 jamoasidan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
29 may 2022
Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi.

"Real Madrid" ushbu mavsum YCHLda Angliyaning eng kuchli uch jamoasini ham masobaqadan chiqarib ("Liverpul" ustidan finaldagi g'alaba) yubordi.

Finalda "Liverpul" 0:1 hisobida taslim etildi. Yarim finalda esa "Manchester Siti" ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Real"ga engildi - 3:4, 3:1.

Chorak finalda "Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Chelsi"dan ustun keldi - 3:1, 2:3.

APLda esa "Siti" chempionlikni qo'lga kiritdi. "Liverpul" va "Chelsi" mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni band etishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia