"Real" Sterlingga qiziqmoqda. Gvardiola futbolchining "Man Siti" da qolishini istaydi

Alisher
7 iyul 2021, 15:40
Angliya yarim himoyachisi Raxim Sterling shu yozda "Manchester Siti" ni tark etishi mumkin.

The Athletic xabariga ko'ra, "Real" ingliz klubidagi mavqeidan unchalik mamnun bo'lmagan 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Avvalgi yillarda agent Adi Vard Madrid klubi bilan aloqada bo'lib turardi, ammo o'tgan mavsumda Sterling u bilan ishlashni to'xtatdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola inglizni klubda qolishini istamoqda. U Sterling ham, Bernardo Silva ham o'zlarining noroziligini engib, eng yuqori darajada o'ynashda davom yetishlariga ishonadi.

 Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi va Siti uning uchun yangi shartnomani tayyorlamoqda. Klub yangi shartnoma Sterlingni jamoada qolishiga ishontirish uchun etarli bo'ladi deb hisoblamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic