"Real" sobiq xodimi "Nyukasl" bosh direktori bo'ldi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2025
"Nyukasl" kanadalik Devid Xopkinson bosh direktor etib tayinlanganini e'lon qildi.

Xopkinson ilgari "Niks" basketbol jamoasi va "Reynjers" xokkey jamoasining biznes bo'limlarida ishlagan, "Real"da xalqaro hamkorlik bo'limiga rahbarlik qilgan hamda "Toronto" xokkey va basketbol jamoalarining tijoriy faoliyatini nazorat qilgan.

"Nyukasl" 2024/25 yilgi mavsum yakunida APL musobaqa jadvalida 5-o'rinni egallagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: newcastleunited.com