"Real" - "Selta". Peresga qarshi bo'lgan bannerlar xizmatchilar tomonidan olib tashlandi

Mirjalol Normatov
17 mar 2019, 12:12
"Real" muxlislari "Selta"ga qarshi o'yinda Madrid klubi prezidenti Florentino Peresga qarshi akciya o'tkazishdi.

Ushbu mavsumda jamoasining o'yinlar va natijalaridan mamnun bo'lmagan muxlislar "Santyago Bernabeu" tribunalariga "Florentino, ket" va "Barchasiga aybdor Florentino" degan yozuvlari bor banner ko'tarib kelishgandi.

Ammo birinchi bo'limda stadion ishchilari ushbu bannerlarni muxlislardan olib qo'yib, stadion tashqarisiga olib chiqib tashlashgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS