

“Valensiya” “Real”ga Dani Sebalosni ijaraga olish taklifi bilan chiqqan. Biroq madridliklar “Arsenal”ga ijaraga berilgan Danini mavsum so'ngiga qadar London qolishini ma'lum qilgan. Ispan OAVga ko'ra esa “Real” La Ligadagi raqobatchisini kuchaytirishni istamay, ushbu taklifni rad etgan.
Avvalroq Sebalosning o'zi o'yin amaliyoti kamligi sabab “Arsenal”dan tezroq ketish niyatida ekanligini aytgan edi.



