Real Ronalduning diskvalifikaciyasini shunday qoldirmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
18 avg 2017, 09:21
Real Krishtianu Ronalduning 5 o'yinlik diskvalifikaciyasini baribir kamaytirishga urinadi. Klub sport tartib-intizom qo'mitasiga (TAD) murojaat qilmoqchi.

Madrid klubi 32 yoshli futbolchiga Ispaniya Superkubogi doirasidagi Barselonaga qarshi o'yinda (3:1) berilgan jazoni yumshatishga urinmoqda.

Oldinroq Ispaniya Qirollik futbol Federatsiyasi apellyacion qo'mitasi Realning murojaatini rad qilgandi.

Futbolchi Barselonaga qarshi Superkubok javob bahsini o'tkazib yubordi (2:0). Bundan tashqari Ronaldu Ispaniya chempionatining dastlabki to'rt turida Deportivo, Valensiya, Levante va Real Sosedadga qarshi o'yinlarda ham ishtirok eta olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abola.pt