“Real” Modrichining maoshini oshirmoqchi. Hozir u yiliga 8 million evro oladi

9 avg 2018, 08:25
“Real” rahbariyati yarim himoyachi Luka Modrich bilan yangi shartnoma tuzish niyatida.

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisiga “Inter” jiddiy xaridor bo'lib turibdi. Ammo qirollik klubi JCH-2018ning eng yaxshi futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas. Futbolchining shartnomasida tovon puli 750 million evro etib belgilangan.

Ayni paytda Modrich “Real”da yiliga 8 million evro maosh oladi. Qirollik klubi ushbu muhim futbolchisining maoshini oshirishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca