"Real" Luis Enrikeni xarid qilishni xohlamoqda

Sherzod Nurmatov
13 noya 2021, 19:26
Madridning "Real" klubi navbatdagi braziliyalik iqtidorga e'tibor qaratdi.

Manbaga ko'ra, "Fluminense" vingeri Luis Enrike "qaymoqranglilar" transfer ro'yxatidan joy oldi.

Agar "qirollik klubi" 20 yoshli futbolchini qo'lga kiritsa, u "Kastilya" qaydnomasiga kiritiladi.

Enrikening transfer qiymati – 3,5 million evro. U "Fluminense" safida 76 o'yinda 7 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS