

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda “Cosmos“ 3:2 hisobida g'alaba qozonib, UNITED MFL tarixidagi ilk chempion degan sharafli nomga sazovor bo'ldi.
Chempion jamoaga 350 000 000 so'm miqdoridagi pul mukofoti hamda UNITED MFL’ning rasmiy kubogi tantanali ravishda topshirildi. Chempion jamoani Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov taqdirlashdi.
Finalda munosib ishtirok etgan “A1” jamoasi mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlab, 150 000 000 so'm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Sovrinni Sport vaziri maslahatchisi va Korporativ sport assotsiatsiyasi ijrochi direktori Sherzod Sattorov topshirdi.
Shu tariqa, UNITED MFL’ning tarixiy birinchi mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Barcha jamoalar, futbolchilar, hamkorlar, muxlislar va musobaqa tashkilotchilariga mavsum davomida ko'rsatgan ishonchi va qo'llab-quvvatlovi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Bu hali boshlanishi. Oldinda yanada katta maqsadlar va yanada kuchli mavsumlar kutmoqda.















