“Cosmos“ finalda! United MFL’da ilk finalchi nomi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2026, 14:44
United MFL yarim final bosqichining dastlabki bahsi futbol muxlislariga qiziqarli va murosasiz to'qnashuvni taqdim etdi.

Maydonda “Cosmos” hamda “Afruz” jamoalari o'zaro kuch sinashdi.

Uchrashuv davomida tashabbusni qo'ldan bermagan “Cosmos“ jamoasi raqibini 3:1 hisobida mag'lub etib, musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Jamoa muhim pallalarda yuqori mahorat namoyish etib, final yo'llanmasini munosib tarzda qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, “Cosmos“ United MFL chempionligi uchun kurashadigan ilk jamoa sifatida finaldagi o'rnini kafolatladi. Biroq hal qiluvchi bahsdagi raqibi hozircha noma'lum.

Ikkinchi yarim final uchrashuvi 27 iyun kuni bo'lib o'tadi. Unda A1 va “Black Stone“ jamoalari final yo'llanmasi uchun maydonga tushadi. Mazkur bahs g'olibi finalda “Cosmos“a qarshi saf tortadi.

Endi barcha e'tibor 27 iyun kungi yarim finalga qaratilgan. Aynan ushbu uchrashuv yakunida United MFL finalining ikkinchi ishtirokchisi va “Cosmos“ning chempionlik yo'lidagi raqibi rasman ma'lum bo'ladi.

DIAMOND CREATIVE GROUP - 00000025.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000034.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000043.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000050.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000057.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000066.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000072.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000095.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000098.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000105.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000108.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000125.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000127.jpgDIAMOND CREATIVE GROUP - 00000130.jpg

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia