"Real", "Liverpul" va "Atletiko" yil klubi nomiga da'vogar

Aslanov Jasurbek
27 noya 2018, 14:15
3 yanvar kuni Dubayda Globe Soccer Awards taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu marosimda yilning eng yaxshi klubi aniqlanadi. Sovrin uchun "Real", "Atletiko" va "Liverpul" da'vogarlik qilmoqda.

Bundan tashqari, Dide Desham, Diego Simeone, Massimiliano Allegri, Yurgen Klopp va Zinedin Zidan yil murabbiyi sovrini uchun nomzod sifatida ko'rsatildi.

Marosimning eng asosiy sovrini Krishtianu Ronaldu, Antuan Grizmann yoki Kilian Mbappega topshiriladi. Ular yil futbolchisi sovriniga da'vogarlik qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com