

Myunxenliklar A guruhida 4 ta turdan so'ng 12 ochko to'plab, birinchi o'rinni naqd qilishdi. Shu tariqa, "Bavariya" ketma-ket 16-marotaba pley-off bosqichida ishtirok etadi. So'nggi marotaba jamoa 2007-2008 yilgi mavsumda UEFA kubogida o'ynagandi.
"Real" esa S guruhida 100 foizlik natija ko'rsatib, ketma-ket 21-marotaba YCHL pley-offida o'ynaydigan bo'ldi.


