"Real" Kamavinganing transferi borasidagi ishlarni to'xtatdi

Alisher
9 mar 2021, 17:38
"Real" "Renn" xavbeki Eduardo Kamavingani xarid qilishni keyinroqqa qoldirdi.

Muzokaralar bir oy oldin boshlangan edi, ammo endi kamida bahorning so'nggiga qadar to'xtatildi.

Xabarlarga ko'ra, "qirollik klubi" koronavirus pandemiyasining rivojlanishini va klub moliyaviy ahvoliga qanday ta’sir qilishini ko'rmoqchi.

Kamavinga joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As