"Real" Iskoni 35 mln. evroga qo'yib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 11:51
"Real" yozda yarim himoyachi Isko bilan xayrlashishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" futbolchi uchun 35 mln. evro va muvaffaqiyatlariga bonus to'lay oladigan klubning takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.

Oldinroq Isko ko'proq o'yin amaliyoti izlab mavsum oxirida klubdan ketishi mumkinligini aytgan edi. Shundan so'ng, Isko "Real"da uzoq vaqt o'ynashni istayotgani, biroq unga ko'proq o'yin amaliyoti kerakligi haqida gapirdi.

Joriy mavsum Isko LaLiganing 20 ta uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport