“Real” himoyachisi “Nottingem Forest”ga o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
18 avg 2022
“Real” a'zosi Alvaro Odriosola jamoani tark etish ehtimoli bor.

AS manbasiga ko'ra, “Nottingem Forest” 26 yoshli ispaniyalikni qo'lga kiritmoqchi. Futbolchi Karlo Anchelottining ishonchiga kira olmadi va shu tufayli APLga yo'l olish variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Odriosola o'tgan mavsumni ijara asosida “Fiorentina”da o'tkazdi. U 27 bahsda qatnashib, 1+1 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS