“Real” futbolchisi: “Agar Pogba bizga qo'shilsa, undan ko'p narsani o'rganaman”

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2020, 19:05
“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde MYU a'zosi Pol Pogbaning madridliklar safiga kelib qo'shilishi mumkinligini ijobiy baholadi va undan ko'p narsa o'rganmoqchiligini aytdi.

“Agar Pol Pogba haqida gapiradigan bo'lsak, men xotirjam orom olaman. Har safar “Real” formasini kiyganimda bundan rohat olishga urunaman. Agar kelajakda Pogba jamoamizga kelib qo'shilsa, undan ko'p narsani o'rganaman va uning o'yinidan foydali jihatlarni ko'chirishga harakat qilaman. Uchrashuvlarda qatnashmagan paytimda ham Zidan meni doim qo'llab kelgan. U menga o'zimga bo'lgan ishonchni taqdim etdi va bizni yaxlit jamoaga aylantirdi”, – deydi 21 yoshli xavbek. 

Urugvaylik futbolchi joriy mavsum La Liganing 15 bahsida qatnashib, 2+3 natijani qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal