Rodrigo APLga o'tishni rad etdi

Alisher Ostonov
14 iyun 2025, 14:40
"Real" hujumchisi Rodrigo boshqa klublar taklifini ko'rib chiqishga tayyor emas.

Braziliyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tish imkoniyatidan voz kechgan.

Braziliyalik futbolchi madridliklar safida qolishga va asosiy tarkibda mustahkam o'rin egallashga yana bir bor urinib ko'rishga qaror qilgan. Futbolchi yangi murabbiy Xabi Alonso qo'l ostida buni uddalay olishiga umid qilmoqda.

Rodrigo o'tgan mavsumda 51 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 gol va 10 assist bor. Hujumchining narxi 90 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider