"Real" faqatgina bir shart bilan Iskoni "Yuventus"ga berib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 21:54
"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Ispaniyalikning xizmatlariga "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Turinliklar futbolchi uchun 75 million evro to'lashga tayyor.

Yarim himoyachi jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan munozaralar tufayli jamoani tark etishni istamoqda. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

"Real" Iskoni tekinga ham berib yuborishi mumkin. Agarda "Yuventus" Paulo Dibalani "Real"ga beradigan bo'lsa, Isko "Yuve"da o'ynaydi.

Isko bu mavsumda Primeroning 13 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com