Real YCHLda ketma-ket 7 marta yarim finalga chiqqan ilk klub

Narzulla Saydullayev
19 apr 2017
Real YCHL chorak finalida Bavariya to'sig'idan o'ta oldi.

Germaniyada Real 2:1 hisobida yutdi, Ispaniyada 4:2 hisobida zafar quchdi.

Real musobaqada ketma-ket ettinchi marta yarim finalga chiqqan dastlabki klubga aylandi. Madridliklar bu davr ichida 2014 va 2016 yillarda chempion bo'lishgandi.

Undan oldingi eng yaxshi natija Barselonaga tegishli edi. Kataloniya klubi 2007/08-2012/13 yillarda ketma-ket olti mavsum yarim finalga chiqqandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: squawka.com