"Real" darvozaboni Shimoliy Amerikada tengsiz deb topildi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2017, 14:40
"Real" va Kosta-Rika terma jamoasi darvozaboni Keylor Navas KONKAKAFda (Shimoliy Amerika futbol konfederatsiyasi) 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi.

31 yoshli futbolchi JCH-2018 saralash bosqichida o'z jamoasiga mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishga yordam berdi.

Kostarikalik Madrid klubi bilan Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida g'olib bo'ldi, Ispaniya va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia