"Real" Aguero uchun 90 mln. evro sarflashga tayyor

Aslanov Jasurbek
26 may 2015, 10:30
"Real" yana "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroga e'tibor qaratdi va uning transferi uchun 90 mln. evro sarflashga tayyor.

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bir necha yil oldin argentinalik "Atletiko"da o'ynagan kezlari Agueroni xarid qilishga uringan, ammo "matraschilar" rahbariyati hujumchini raqibiga sotishni istamagan edi.

Eslatib o'tamiz, Aguero bu mavsum Premer-liganing 33ta uchrashuvida 26ta gol urib Angliya chempionati "Oltin butsa"siga ega bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com