"Real" 7-raqamni Azar uchun bo'shatish yo'lini topdi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019, 19:58
"Real" futbolchisi Mariano Dias "Milan"ga o'tishi mumkin.

Ayni damda milanliklar "Real" bilan Teo Ernandes hamda yarim himoyachi Dani Sebaloslarning transferi borasida ham muzokaralar olib bormoqda. Shu muzokaralar davomida "qirollik klubi" dominikanlikni ham "Milan"ga taklif qilgan.

Forvard ayni damda Zinedin Zidanning rejalariga kirmayapti. Shuningdek, rahbariyat uni ketkazib yuborish orqali 7-raqamni Azar uchun bo'shatib qo'yishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS