"Real" 2022 yilda ikki super transferni amalga oshirmoqchi

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 12:12
"Real" 2022 yilda o'z hujum chizig'ini mustahkamlamoqchi.

"Marca" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" PSJ va "Borussiya" D hujumchilari Kilian Mbappe hamda Erling Xollandni transfer qilish niyatida. Florentino Peres o'zining "Real"dagi 20 yillik yubileyi sababli rahbariyatdan transferlar uchun katta mablag' olmoqchi.

20 yoshli Mbappening PSJdagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi va u erkin agent sifatida "Real"ga o'tishi mumkin. 2024 yilga qadar dortmundliklar bilan shartnomaga imzo chekkan 19 yoshli Xolland esa 75 mln evro evaziga transfer qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca