Ravshan Haydarov - "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2017, 11:57
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy iste'foga chiqarilgani haqida xabar berdik.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, uning o'rniga "Paxtakor"ga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangan. Haydarov so'nggi yillarda O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ravshan Haydarov o'z vaqtida bir necha yil davomida "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" ertaga, 7 aprel kuni o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia