Ravshan Haydarov: “Bosimga oxirigacha turib bera olmadik”

23 okt 2013, 20:59
“Olmaliq” – “Dinamo” bahsi poyoniga etgach, samarqandliklar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham o'yin to'g'risida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Uchrashuvda tezda hisobni ochganimiz va hatto ikki to'p farqi bilan oldinga chiqishimiz, futbolchilarni xotirjamlikka berilishiga olib keldi – deya gap boshladi Ravshan Akmalovich.

- Buning ustiga standart vaziyatlarda himoyalanish jarayonida kamchiliklarimiz bu o'yinda ham o'z ta’sirini o'tkazmay qolmadi.

Birinchi taymdayoq hisobdagi ustunlikni qo'ldan chiqardik. Ikkinchi taymda raqibning kuchli tomonlarini bilgan holda asosan himoyalanib qarshi hujum taktikasida o'yinni o'tkazdik.

Afsuski, bosimga oxirigacha turib bera olmadik va mezbonlar uchinchi marta ham gol urishga erishishdi. Balki birinchi taymni hisobda oldinda borgan tugatganimizda Olmaliqdan yaxshi natija bilan qaytgan bo'larmidik.

Manba: pfl.uz