Ravshan Ermatov: "Biz bir jamoamiz"

29 dek 2017, 17:59
Kecha Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida yulduzlar ishtirokidagi "Sport-sog'liq uchun" xayriya shou uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda ishtirok etgan Ravshan Ermatov  o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Sobiq futbolchilar bilan birga OAV jamoasiga qarshi aajoyib o'yin bo'lib o'tdi. Ushbu futbol uchrashuvida ishtirok etib o'zim uchun qandaydir kuch oldim.  Men bu erga kelishim bilan "biz bir jamoamiz" degan shiorga ko'zim tushdi. Bu mening yuragimga yaqin shior. Chunki biz birgalashib muxlislar, jurnalistlar, hakamlar, futbolchilar, murabbiylar hammamiz bir oila bo'lib, hamfikr bo'la olsak shundagina futbolimiz yuqori cho'qqilarga chiqadi va terma jamoamiz jahon chempionatida albatta ishtirok etadi. "Biz bir jamoamiz" degan shior meni fikrimchi futbolimiz ichidagi va atrofidagi odamlarga yetishmayotgan narsa, deb o'ylayman", - deydi Ravshan Ermatov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia