Ravshan Eliboev: "Jamoamiz YCHLga yo'llanma olish uchun kurashmoqda"

Alisher
12 may 2022, 14:11
O'zbekiston futzal terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev ayni vaqtda faoliyatini Qozog'istonda davom ettirmoqda.

U "Kaspiy" jamoasi safida kubok bahsida gol urib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Uchrashuv qahramonini fikrlariga quloq tutdik.


Asosiy maqsad haqida

"Bu jamoa tashkil topganiga 2 yil bo'lganiga qaramay oldiga ulkan vazifalar qo'ygan. Joriy  yilgi mavsumdagi asosiy vazifa kubokda finalga qadar yetib borish va Yevropa Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Xudo xohlasa,  Qozog'iston va O'zbekiston futzal muxlislarini xursand kilamiz.


Gol urgani haqida

"Ha albatta bunday o'yinlarda keraklik pallada gol urish juda ham yoqimli. To'g'risini aytsam faoliyatimda nechta gol urganimni sanab chiqmaganman (kuladi). Asosiysi davomli va bardavomli bo'lishini xohlayman va bunga erishish uchun intilaman.


Qozog'istonda futzalga e'tibor qay darajada?

"Bu yerda futzalga bo'lgan e'tibor juda ham yukori darajada. Har bir jamoani futzal maktablari va top darajadagi legioner futzalchilari mavjud. Har tomonlama bizning chempionatdan farq qiladi. Nafaqat O'zbekiston futzali,  Yevropada ham o'z o'rniga desam mubolag'a bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia