Rasmiy xabar: “Navbahor”ni o'z ixtiyori bilan etti nafar futbolchi tark etdi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2017, 15:32
Avval davralar oralig'ida tarkibda bir qator o'zgarishlar ro'y berishi haqida xabar berib o'tgandik.

Bugun jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov birinchi davrada “Navbahor” sharafini himoya qilgan etti nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilganligini bildirdi. Akmal Ortiqov, Nodir Ashurmatov, Alisher Samatov, Tohir Shamsitdinov, Hasanboy Ergashev, Mansur Saidov va Timur Tolipovlar "Navbahor" jamoasini rasman tark etishdi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilarning ayrimlari chempionatning dastlabki qismida bildirilgan ishonchni oqlashmagan bo'lsa bazilari jamoadan ketishni o'zlari ixtiyor etishdi. Shu sababli Mo'minjonov ularga javob berishga qaror qildi. Ayni paytda bosh murabbiy ko'z ostiga olib qo'ygan futbolchilar bilan muzokaralar olib borayotganligini ham ma'lum qildi. Tez orada tarkibga qo'shilishi mumkin bo'lgan yangi futbolchilar haqida ham ma'lumot beramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz