

"Qirollik" klubi rasman Eduardu Kamavingani o'z futbolchisi sifatida e'lon qildi. "Renn"dan kelgan 18 yoshli futbolchi "Real" safida 25-raqamda to'p tepadi. Shartnoma 2027 yilgacha imzolandi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 31 million evroga baholanmoqda.



