Rasmiy xabar: Ikrom Aliboev boshqa klubga o'tdi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2021, 15:50
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Ikrom Aliboev faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

O'tgan hafta Aliboev "Seul"ni tark etganini championat.asia saytiga ma'lum qilgandi. Bugun Janubiy Koreyaning "Tedjon Xana Sitizen" klubi hamyurtimiz bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

"Ushbu klubga o'tish men uchun katta sharaf. Klubga biroz kechroq qo'shilganim uchun yangi jamoadoshlarim bilan tezroq o'zaro til topishish uchun tinmay mehnat qilaman. Tezroq sport formamni tiklashga va maydonda yaxshi o'yinlarimni namoyish etishni istayman. "Tedjon Xana Sitizen" klubiga foydam tegishi uchun borimni beraman", - deydi Aliboev.

Ma'lumot uchun, "Tedjon Xana Sitizen" Janubiy Koreya K2 Ligasida ishtirok etmoqda. 4ta turdan so'ng 6 ochko to'plagan klub 10ta klub orasida 3-o'rinda bormoqda.

"Tedjon Xana Sitizen" klubi 1997 yilda tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 40535 tomoshabinga mo'ljallangan "Daejon World Cup" stadionida o'tkazadi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Xux Jung Mu boshqarmoqda.

Jamoa safida braziliyalik Edino, Bruno Baio va Mateus Pato kabi legionerlar bor.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia