Rasmiy xabar: Mochinov "Oq-tepa" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2014, 12:59
Kuni kecha saytimizda Aleksandr Mochinov birinchi liganing "Oq-tepa" klubida ish boshlagani haqida xabar bergandik.
Bugun yosh mutaxassis Aleksandr Mochinov jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida futbolchilarga tanishtirildi. Bu haqda "Oq-tepa" klubi rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha Mochinovga murabbiylar shtabida Anatoliy Kurlaev, Aleksandr Tokov, Oleg Xojioxunov (darvozabonlar murabbiyi), Aziz Muhamedov (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy) yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, Mochinov o'tgan yil "Bunyodkor" klubi yoshlar jamoasi bilan birga Yoshlar ligasida chempion bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia