

Malayziya chempionatida faoliyat yuritgan yarim himoyachi Lutfulla To'raev va hujumchi Farhod Tojiev ikkinchi davrada "Olmaliq" sharafini himoya etishadi. Har ikki futbolchi bugun jamoamizning Minskda davom etayotgan o'quv-yig'iniga yetib keldi.
Jamoamizning ikkinchi davra oldidan o'z safiga qo'shib olgan futbolchilari 5 nafarga etdi. Umid qilamizki, ular "Olmaliq" sharafini munosib himoya etishadi va jamoa oldiga qo'yilgan maqsadga yetish yo'lida o'z hissalarini qo'shishadi.


