Rasman: "Manchester Siti" himoyachi transfer qildi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2018
"Manchester Siti" gollandiyalik himoyachi Filipp Sandlerning transfer ishlarini yakunladi.

21 yoshli futbolchi "Ayaks" jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Siti" tarkibiga "Zvolle"dan bordi.

Filipp markaziy himoyachi hisoblanadi, biroq u tayanchda ham ko'p marta o'yinlarda qatnashgan.

2017/18 yilgi mavsumda Sandler Gollandiya chempionatida 23 uchrashuvda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/mancity