Rasman: Klublar o'rtasidagi JCH Xitoyda o'tkaziladi

Alisher
24 okt 2019
2021 yilda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati Xitoyda o'tadigan bo'ldi.

Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi. Ushbu qaror FIFA kengashi tomonidan qabul qilindi. Musobaqa iyun-iyul oylarida bo'lib o'tadi.

FIFA buyog'iga konfederatsiyalar bilan har bir qitadan qancha ishtirokchi ishtirok etishini aniqlab olishi lozim.

Musobaqadagi klublar soni 24tani tashkil etadi. Hozirga kelib to'liq kimlar ishtirok etishi ma'lum emas.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2021 yildan yangicha formatda o'tkaziladi va unga ko'ra klublar o'rtasidagi JCH 4 yilda bir marta o'tkaziladi.

Ammo, YCHL va ELning so'nggi 4 g'olibi ishtirok etishi ma'lum. Bundan ko'rinib turibdiki, musobaqada "Real", "Liverpul", "Atletiko" va "Chelsi" klublarining ishtirok etishi aniq.

Eslatib o'tamiz, yaqin ikki yil ichida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining formati eski tizim bo'yicha davom etadi.


AlisherMuallif
Manba: fifa.com