Rasman: "Barselona" o'yinchisi "Roma"ga o'tdi

Alisher
30 yanv 2020, 16:42
"Barselona" futbolchisi Karles Peres faoliyatini ijara asosida "Roma"da davom ettiradi.

Italiya klubi 1 million evro evaziga futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga oldi. "Barselona" bilan tuzilgan bitimda futbolchini 11 million evroga majburiy ravishda sotib olish ham ko'zda tutilgan. Shuningdek, "Barselona" 3,5-4,5 million miqdoridagi bonuslarni ham qo'lga kiritishi mumkin.

Qayd etish kerakki, Peresning Kataloniya grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Peres joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OfficialASRoma