Rasman: "Atletiko" futbolchilarning maoshlarini kamaytirdi va klub xodimlarini qisqartirdi

Alisher
28 mar 2020, 10:46
"Atletiko" qiyin vaziyatga tushib qolish xavfini sezmoqda.

Klub bosh direktori Migel Gil xodimlarni qisqartirish borasidagi mish-mishlarni tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, xodimlar bunday vaziyatlarda Ispaniya qonunchiligi asosida ishsiz qoldilar.

Shuningdek, klub futbolchilarining maoshlari ham jiddiy ravishda pasaytirilmoqda. Bu esa so'zsiz Diego Simeonega seziladi. Sababi, u haftasiga 700 ming funt ishlagan holda, dunyodagi eng katta maosh oladigan murabbiyi sanaladi.

Umumiy olganda, "Atletiko" o'yinchilari va murabbiylariga har yili 312 mililon funt sarflanadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" bundan oldin ham klub xodimlari va futbolchilarining maoshlarini kamaytirgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football24.ru