Rasman: Antoni La Liga klubiga o'tdi

Alisher
25 yanv 2025, 23:54
"Betis" "Manchester Yunayted"dan hujumchi Antonining ijarasini e'lon qildi.

Braziliyalik ispan klubida joriy mavsumning so'nggiga qadar harakat qiladi.

Antoni MYUga 2022 yilning yozida 95 million evro evaziga o'tgandi.

24 yoshli forvard joriy mavsum mankunianlar tarkibida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realbetisbalompie.es