Rasman: Afsona "Yuventus"ni tark etishini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
17 may 2018, 15:07
Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon mavsum yakunlanganidan so'ng "Yuventus"ni tark etadi.

Bu haqda 40 yoshli kiper ayni paytda davom etayotgan matbuot anjumanida e'lon qildi. Hozir "Alyanc stedium"da Jiji ishtirokida maxsus matbuot anjumani o'tkazilmoqda.


Buffon "Yuventus"ga 2001 yilda kelgan va jamoa bilan 9 bor Skudettoni qo'lga kiritgan (yana ikkita chempionlik esa Kalchopoli ishi sabab olib qo'yilgan). 4 bor Italiya kubogi, 5 bor mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan. 3 marta esa YCHL finalida o'ynagan, ammo bosh sovrinni boshi uzra ko'tarish nasib etmagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: juventus.com