Raqibimiz: Panama o'smirlar terma jamoasi haqida

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 14:34
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAdagi mundialning 1-turini o'tkazadi.
 Raqib Panama o'smirlar terma jamoasi haqida ma'lumotlar bilan tanishib oling:

PANAMA O'SMIRLAR TERMA JAMOASI
Bosh murabbiyi
: Xorxe Deli Valdes
Laqabi: “La Roxita”

Panama o'smirlari jahon chempionati final bosqichiga birinchi bor xuddi biz kabi avvalgi chempionatda yo'l olishgandi. Panama futbolining mashhur yulduzi Xorxe Deli Valdes boshchiligida jamoa buni takrorladi. Mohir hujumchi faoliyati mobaynida 300dan ortiq golga mualliflik qilgan. Uning ukalari Xorxe va Xulio ham hujumchi ampluasida o'ynashgan. Xulio ayni paytda milliy terma jamoani boshqarmoqda. Panama o'smirlari bilan Meksikadagi mundialga ham borgan.

Xorxe Deli VALDES
Tug'ilgan sanasi:
12.03.1967
Tug'ilgan joyi: Kolon, Panama
Futbolchilikdagi ampluasi: hujumchi

O'ynagan jamoalari: 1988–1989 “Deportivo Paraguayo”, 1989–1990 “Porvenir”, 1991 “Nasional”, 1992 “Union Espanola”, 1993–1994 “Toshiba” 47 (53), 1995 “Serezo Osaka” 31 (19), 1996   “Tosu Fyuchr” 25 (24), 1997–1998 “Konsadole Sapporo” 60 (61), 1999–2000 “Kolorado Rapids”   52 (17), 2001–2002 “Omiya Ardiya” 50 (34), 2003 “Kavasaki Fronteyl” 18 (3), 2003–2005 “Arabe Unido”.

Panama milliy terma jamoasida 34 uchrashuvda 13 to'p kiritgan.

Boshqargan jamoalari:
2006 Panama milliy terma jamoasi, 2006 Panama o'smirlar terma jamoasi, 2007 Panama yoshlar terma jamoasi, 2009 yildan Panama o'smirlar terma jamoasida.

KONKAKAF o'smirlar chempionati shu yil aynan Panamada bo'lib o'tdi. Guruh bahslarida mezbonlar Yamayka bilan durang o'ynab, Barbadosdan ustun keldilar. Chorak finalda esa Trinidad va Tobago dog'da qoldirildi. Yarim finalda esa Kanada taslim etildi. Biroq hal qiluvchi uchrashuvda Meksika kuchliroq chiqib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Shunga qaramay, o'smirlar mundialiga ketma-ket ikkinchi bor yo'llanmaga ega chiqishning o'zi Panama uchun katta yutuq hisoblanadi.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik davrida panamaliklar Kolumbiya va Venesuela, shuningdek, Ispaniya hamda Argentina terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Guruh bosqichi
Panama – Yamayka – 1:1
Gol
: Molina 90.

Panama – Barbados – 2:0
Gollar
: Zorilya 24, 79.

Chorak final
Panama – Trinidad va Tobago – 4:2
Gollar
: Araya 35, Suniga 62, Diaz 79, 88.

Yarim final
Panama – Kanada – 2:1
Gollar
: Diaz 37, Zorilya 81.

Final
Panama – Meksika – 1:2
Gol
: Araya 51.

Jamoa tarkibiga nazar tashlasak, futbolchilar mahalliy klublarda to'p tepishini ko'ramiz. Faqat Kristofer Beyrd Mayamida joylashgan “Real Madrid” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Tauro, Rio Abaxo va Arabe Unido klublaridan jami 13 nafar o'yinchi chaqirilgan.

Panama o'smirlar terma jamoasi tarkibi:

#.FutbolchiT.sanaAmp.KlubBo'yi
1Xayme Graciya
11/05/1996DrTauro FK (Panama) 195
2Kristofer Beyrd13/03/1996HmReal Madrid akademiyasi (AQSH) 180
3Keyin Galvan10/03/1996HmMillenium FK (Panama)171
4Xomar Diaz29/10/1996HmRio Abaxo (Panama) 173
5Chin Ormecha12/05/1996Hm
Arabe Unido (Panama)176
6Xesus Araya03/01/1996HmTauro (Panama)180
7Elieser Domingez15/02/1996YahTauro (Panama)168
8Feliks General19/04/1996HmTauro (Panama)167
9Luis Suniga27/01/1997HujRio Abaxo (Panama)173
10Ismoil Diaz12/05/1997HujTauro (Panama)181
11Luis Kanate09/08/1996YahArabe Unido (Panama)165
12Roberto Kueto23/03/1996DrTauro (Panama)171
13Stiben Santos14/01/1998YahRio Abaxo (Panama)170
14Verner Uold02/02/1996YahTauro (Panama)172
15Luis Alain26/03/1996HmAtletiko Veraguense (Panama)173
16Vidal Gonsalez10/04/1996YahTauro (Panama)168
17Moyzes Gil09/02/1997HujBagozo FK (Panama) 172
18Erkin Zorrilya14/05/1996HujTauro (Panama)177
19Milsiades Molina06/01/1997YahMillenium FK (Panama)164
20Luis Pereyra27/03/1996HmArabe Unido (Panama)172
21Ermes Ortega
26/03/1996DrMillenium FK (Panama) 172

 

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia