Ramos: "Vaziyat yaratish juda qiyin bo'ldi"

Mirjalol Normatov
29 sen 2019
"Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionati 7-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Atletiko"ga qarshi bahslar doimo yuqori shiddatda o'tadi. Ularga qarshi o'ynash qiyin. Safarda o'ynayotganligimiz uchun gol o'tkazib yubormaslikka e'tiborimizni qaratdik. Ular bizga erkin o'ynashga berishmadi. Yakuniy natijadan mamnun emasmiz. 3 ochkoga loyiq edik.

Biz to'g'ri yo'ldamiz deb o'ylayman. Bosh hakam bilan janjalimiz sababi, bizga juda ko'p kartochka ko'rsatdi. Biroq raqiblar bizdan ko'ra qo'polroq o'ynashdi", - dedi Ramos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express