Ralf Rangnik MYUdagi kelajagi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
11 dek 2021
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik mutaxassis MYU bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Keyin esa u 2 yil klubda maslahatchi sifatida ishlaydi. 

"Hozir bu haqida gapiradigan yoki o'ylaydigan vaqt emas. Men oldin ham, hozir ham bu haqida o'ylamadim. Ayni paytda bor e'tiborimni mashg'ulotlarga, keyingi o'yinga qaratganman. Klubda kelajak bo'yicha qaror qabul qilish uchun vaqt etarli. 

MYU futbolchilari ham men kabi ambiciyaga egalar. Ular mavsumdagi maksimum natijaga erishmoqchilar. APLda yuqori o'rin, Angliya Kubogida va YCHLda uzoqroqqa borish. 

Biz keyingi o'yindan boshlab ko'proq bahslarni yutishni boshlaymiz", - dedi Rangnik. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports