Rafinya: "Belsa bo'lmaganida "Barselona"ga kelmagan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2022
"Barselona" vingeri Rafinya "Lids"dagi sobiq ustozi Marselo Belsa haqida fikr bildirdi.

- Marselo Belsa qanday murabbiy?

- U "Lids"ga kelganimdan keyin menga juda katta yordam bergan murabbiy. Marselo doimo ko'prog'ini talab qiladi, maksimal kuch bilan ishlashimizni so'raydi. Aynan u sababli terma jamoada o'ynayapman, mana "Barselona"ga o'tdim. Agarda uning shunday mashg'ulotlari bo'lmaganida "Barselona"ga kelmagan bo'lardim.

- Uning faoliyatida nimalar o'zgacha?

- O'z o'yin uslubini to'ldirish uchun u to'p bilan muomalaga katta e'tibor beradi, mashg'ulotlarda maksimal samaradorlikni istaydi. Mening darajamni o'sishida Belsa muhim insonlardan biri bo'lgan. Uni yoddan chiqarib bo'lmaydi, - dedi Rafinya.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal