

Har qanday mag'lubiyat alamli bo'ladi. Endi ishlab bu natijani unutish kerak. Jamoani ruhiy tomonlama tiklash haqida bosh qotiraman. Bizga kuchli jamoa raqiblik qildi. 0:4 hisobida yutqazgach nima deyishni ham bilmaysan. Jamoa hech nima ko'rsata olmadi. O'zimizga kelishimiz kerak. Keyingi o'yin haqida o'ylash kerak, – deydi Benites.



