

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 23 yoshli xavbek "Enfild"ga borishni istamagan va taklifga rad javobini bergan.
Bu mavsumda Rabo PSJ tarkibida 20 o'yinda 2 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. Yozda u erkin agentga aylanadi.
Hozirda "Barselona" fransiyalikka jiddiy tarzda da'vogarlik qilmoqda.



