Odatga ko'ra hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga e'tibor qaratamiz.
"Irtish" o'z maydonida "Ordabasi"ni qabul qilib yirik g'alabaga erishdi - 3:0. Hisobni 48-daqiqada Ulug'bek Baqoev penaltidan ochdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Irtish" o'z ochkolarini 24taga etkazib musobaqa jadvalining 3-pog'onasiga chiqib oldi.
"Aktobe" esa chempionlik yo'lidagi asosiy raqobatchisi hisoblangan "Ostona"ni o'z maydonida 2:0 hisobida taslim etdi. Quvonarlisi bu o'yinda ham hamyurtimiz gol urdi. 52-daqiqada Temur Kapadze o'zini ko'rsatdi. Uchrashuvda Kapadze to'liq o'ynadi, Geynrix esa 26-daqiqada sariq kartochka olib birinchi bo'limdan so'ng boshqa futbolchiga almashtirildi. "Aktobe" hisobida endi 33 ochko mavjud, chempionat tugashiga 5ta tur qolganida "Ostona" peshqadamdan 3 ochko ortda qolmoqda.
"Jetisu" esa safarda "Vostok" mehmoni bo'lib nursiz durang qayd etdi - 0:0. Mehmonlar safida hamyurtimiz Ruslan Melziddinov 72 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Shavkat Salomov ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushdi. "Jetisu" 13 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.