"Qo'qon-1912"ning ikki futbolchisi jamoadan ketdi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025, 11:30
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Husniddin G'ofurov va Alisher Xayrullaev "Qo'qon-1912"ni tark etdi", – deyiladi xabarda.

30 yoshli vinger G'ofurov joriy mavsum 13 o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi. 21 yoshli yarim himoyachi Xayrullaev esa 8 o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia