"Qo'qon-1912": Yangi futbolchilar haqida

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 07:32
Kecha "Qo'qon-1912" safida bir qator o'zgarishlar yuz bergani haqida yozgandik.
Aniqrog'i, jamoani tark etgan futbolchilar xususida xabar bergandik. Bugun esa ko'plab muxlislarni qiziqtirayotgan yangi futbolchilar mavzusi xususida ma'lumot beramiz.

Jamoa yig'inida hozir quyidagi futbolchilar bo'lib turishibdi. Bular: Javohir Siddiqov, Nodir Yo'ldoshev, Suhrob Berdiev (“Paxtakor”) , Ibrohim Rahimov (“Andijon”), Islom Karimov (“O'z Dong Ju”), Shoxruh Xolmatov (“Buxoro”). Shuningdek, jamoamizga Serbiya davlatidan ikki nafar futbolchi kelishi kutilmoqda. Bular Darko Gojkovich va Nikola Valentich.

Quyida mashg'ulotlardan olingan suratlar bilan tanishing:

photo_2016-07-18_05-01-33

photo_2016-07-18_05-01-40

photo_2016-07-18_05-01-47

photo_2016-07-18_05-02-00

photo_2016-07-18_05-01-53

photo_2016-07-18_05-02-13

Serbiyalik futbolchilar haqida qisqacha ma'lumot:

Darko Gojkovich: 1988 yilda tug'ilgan. Bo'yi 184 sm. Markaziy himoyachi. Bungacha Serbiya superligasida faoliyat ko'rsatgan.

photo_2016-07-18_05-22-34

Nikola Valentich: 1983 yilda tug'ilgan. Bo'yi 180 sm. Shu kunga qadar bir qator klublarda o'ynagan tajribali himoyachi sanaladi. Valentich “Gabala” safida Ozarbayjon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Ozarbayjon Kubogi finaliga chiqqan. Natijada jamoa Yevropa Ligasida o'ynash huquqiga ega bo'lgan.

valentic

Futbolchi to'p surgan jamoalar bilan tanishing:

2000 – 2002 OFK (Serbiya)

2002 – 2005 Vojdovac (Serbiya)

2006 Bney Saxnin 6 (0) (Isroil)

2006 – 2008 Anji 78 (1) (Rossiya)

2009 Alaniya 28 (1) (Rossiya)

2010 – 2012 Sibir 37 (1) (Rossiya)

2012 Yagodina 9 (0) (Serbiya)

2013 – 2014 Gabala 25 (0) (Ozarbayjon)

2015 – … Radnichki (Nish) 6 (0) (Serbiya)

Bu legioner futbolchilarning viza va boshqa hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Ular shu hafta klub ixtiyoriga yetib kelishlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz